Qadrli hamkasblar,

2023 yilda ilk bor o‘tkazishga qaror qilindi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Biroq, aholining joriy hisobi bo‘yicha mavjud ma’lumotlar aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yosh-jins tarkibi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar to‘g‘risida aniq xulosa va tahlillar qilishga yetarlicha imkoniyat bermayapti. Shu munosabat bilan, mamlakatimizda ana shunday muhim tadbirning yana bir muhim vazifalardan biri bu – shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalarini va ma’muriy tumanlar xaritalarini tayyorlash hamda aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish hisoblanadi. Bunda mahalla, qishloq va ovullarning chegaralari, ko‘chalarda nom belgilarining o‘rnatilganligi, turar va noturar joylarning aniq soni hamda uylarning raqamlanganligi aniqlashtirib olinadi.

Tayyorgarlik bosqichida aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq hujjatlar, jumladan, ro‘yxatga olish varaqalari, ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish, uning natijalarini olish va e’lon qilish metodologiyasi ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston aholisi necha marotaba ro‘yxatga olingan?
O‘zbekiston xudidida dastlabki aholi royxati 1897-yillarda, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlarni qamrab olgan. Keyinchalik O‘zbekiston xududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilgan. Bundan keyin mustaqillik yillarida respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o’tkazilmagan. Mustaqillikdan so’ng respublikamizda aholini ro’yxatga olish tadbiri birinchi marta 2023-yilda bo‘lib o‘tadi va xar 10 yilda amalga oshiriladi. Aholini ro’yxatga olishning xuquqiy asosi bo’lib, 2020-yil 16- marta qabul qilingan “Axolini ro’yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni xizmat qiladi. Mazkur qonun aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha mustaqillik yillarida qabul qilingan ilk qonun bo’lib, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Axolini ro‘yxatga olishda ishtirok etish fuqaroning ijtimoiy burchidir.

Uzbek
Maxsus qulayliklar
X