Qadrli hamkasblar,

Halollik va axloqiy xulq-atvor “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining asosiy qadriyatlaridir. Kompaniya birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida yaratilgan ishbilarmonlik obro’sini qadrlaydi. “O‘zavtosanoat” AJ o‘z faoliyatini barcha amaldagi qonunlarga rioya qilgan holda halol va axloqiy asosda olib borishga intiladi.

Shu sababli “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan Muvofiqlik siyosati kodeksi va Muvofiqlik bo‘yicha qo‘llanma qabul qilingan bo‘lib, ular istisnosiz Kompaniya xodimlariga, shu jumladan direktorlar, mansabdor shaxslar, rahbarlar va Jamiyat tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Kompaniya qonunbuzarliklar to’g’risidagi xabarlarni qabul qilish uchun «Ogohlantirishlar» xizmatini ochdi.
Kompaniya xodimlari ushbu Kodeks yoki Qo’llanmaning har qanday buzilishi haqida darhol Muvofiqlik bo’yicha mutaxassisga xabar berishlari kerak.
Muvofiqlik bo’yicha mutaxassis bilan quyidagi aloqa ma’lumotlari orqali bog’lanishingiz mumkin:

  1. +998711407670 telefon raqami orqali kompaniyaning “Ishhonch telefoni”ga qo’ng’iroq qiling;
  2. compliance@uzavtosanoat.uz elektron pochta manziliga xat yuboring;

Kompaniyaning muvofiqlik bo’yicha mutaxassisi xabarlarning maxfiyligini saqlaydi.
Muvofiqlik siyosati kodeksi (736KB)
Biznes hamkorlarining axloq kodeksi (121KB)
Muvofiqlik bo’yicha qo’llanma (567KB)
Xodimlarning odob-axloq kodeksi (212KB)

Uzbek
Maxsus qulayliklar
X